O‘zbekiston | 07:50 / 29.08.2023
1236
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimlari «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha o‘qitiladi

Joriy yil 1 sentabrdan boshlab ichki ishlar xodimlari «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha o‘qitiladi.

Foto: Kun.uz

Huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarini «Fuqarolar bilan ishlash moduli» bo‘yicha uzluksiz o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yish orqali ularning sohada samarali xizmat olib borishdagi shaxsiy mas’uliyati oshiriladi.

Bunda, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan dastur asosida xodimlar har uch yilda bir marta o‘qitilib, maxsus sinovdan o‘tkaziladi hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga kelgusida ushbu sohada xizmat qilish huquqini ta’minlaydigan sertifikat beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid