Andijonlik o‘qituvchi Buyuk Britaniya oliygohlari bitiruvchilari orasida o‘tgan tanlovda 1-o‘rinni oldi
Buyuk Britaniya oliygohlarini bitirib, vatanida ishlayotgan bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazildi. Unda Andijondagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev "Madaniyat va ijodkorlik" yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi.
Har yili Buyuk Britaniyadagi 120dan ortiq oliygohlarni tamomlab, vatanida ishlayotgan sobiq bitiruvchilar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. 2023 yil o‘tgan tanlovda Andijondagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati ingliz tili fani o‘qituvchisi Iskandar Sattiboyev "Madaniyat va ijodkorlik" yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. Unda 100ga yaqin mamlakatlardan 1200dan ortiq ishtirokchi, 4ta nominatsiya bo‘yicha bellashgan.
Ma’lumot uchun, Iskandar Sattiboyev bakalavriatni 2003 yilda Andijon davlat chet tillar pedagogika institutida tugatgan. 2008 yil esa Buyuk Britaniyadagi Edinburg universitetining “Qiyosiy va umumiy adabiyotshunoslik” yo‘nalishi bo‘yicha magistraturani bitirgan.
U ona tilidan tashqari jami 7 ta tilda (ingliz, nemis, arab, dat, turk, fors va rus tillari) muloqot qila oladi. 2006 yilda IELTS’dan 8 ballni qo‘lga kiritib, 2022 yilda "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
Sottiboyevning 10dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda, shuningdek, butun dunyo chet tillari o‘qituvchilari orasida katta nufuzga ega bo‘lgan Amerika Qo‘shma shtatlaridagi “Multilingual” jurnalida ham chop etilgan.
Shuningdek, u Android va iOS internet tizimida ishlovchi ingliz tilini mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan “SpeakEng” deb nomlangan mobil ilovaning yaratilishida ilmiy jamoaga rahbarlik qilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 22.11.2024
“Boshida kimyoga umuman qiziqmaganman” – o‘qituvchilik ortidan milliarderga aylangan Mohira Boltayeva
19:44 / 18.11.2024
Xorazmda o‘quvchining onasi maktabga borib, o‘qituvchi ayolga tashlandi
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
20:43 / 09.11.2024