Gidrotexnika inshootlari xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi.
O‘zbekistonda “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilindi.
Gidrotexnika inshootlarining loyiha ko‘rsatkichlari parametrlariga, ularga yuklamalar hamda ta’sir ko‘rsatish omillariga, shuningdek qurilishda ishlatiladigan materiallarga, foydalanish sharoitlariga qarab gidrotexnika inshootlari I, II, III va IV sinflarga bo‘linadi.
Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Gidrotexnika inshootlarida favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini eng ko‘p darajada kamaytirish bo‘yicha profilaktika tadbirlarini amalga oshirish ularning xavfsizligini ta’minlashga nisbatan qo‘yilgan asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari ulardan shoshilinch tarzda foydalanish maqsadida foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan oldindan yaratiladi.
Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish davrida favqulodda vaziyat yuzaga kelishi natijasida boshqa shaxslarning hayotiga, sog‘lig‘iga va (yoki) mol-mulkiga, shuningdek atrof-muhitga zarar yetkazilganligi uchun foydalanuvchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritiladi
13:08 / 21.09.2024
Senat Xalqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini ratifikatsiya qildi
15:27 / 20.09.2024