O‘zbekiston | 13:26 / 31.08.2023
6388
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zsuvta’minot» aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish vazirligiga o‘tkazildi

Qurilish vazirligi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini rivojlantirish jamg‘armasi birlashtirilib, yagona jamg‘armaga aylantirildi. 

“O‘zsuvta’minot”, “O‘zog‘irsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” AJ aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga o‘tkazildi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ma’lum qildi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatining 8 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi.

Shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlarni qayta tashkil qilish dasturi ham tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, Qurilish vazirligi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi va Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligini rivojlantirish jamg‘armasi birlashtirilib, yagona jamg‘armaga aylantirildi. 

“O‘zsuvta’minot”, “O‘zog‘irsanoatloyiha” va “ToshuyjoyLITI” AJ aksiyalarini boshqarish vakolati Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga o‘tkazildi.

Arxitektura, loyiha faoliyati va qurilish nazorati mutaxassislarini 10 ta faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha sertifikatlash tizimi joriy qilinmoqda.

Mavzuga oid