Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan "schyotchiklarsiz" yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi
Yerosti suvlari sathning o‘rtacha ko‘p yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerosti suvlaridan faqat ichimlik maqsadlarida foydalanish mumkin.
2024 yil 1 yanvardan hisoblagichlarsiz yerosti suv olish inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi boshqarma boshlig‘i Nurbek Po‘latov ma’lum qildi.
Respublikaning 7 ta viloyati 21 ta tumanida yerosti suvlari sathining 5 metr va undan ortiq pasayib ketayotgan holatlari qayd etilib, mazkur hududlarda suvga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy etilgan.
Moratoriy joriy etilgan hududlar yerosti suvlari holatidan kelib chiqib, har yili yangilab boriladi hamda vazirlikning veb-sayti va boshqa ochiq manbalarda e’lon qilinadi.
Yerosti suvlari sathning o‘rtacha ko‘p yillik sathga nisbatan 5 metrdan ortiq pasayib ketgan hududlarda yerosti suvlaridan faqat ichimlik maqsadlarida foydalanish mumkin.
Bunda, yerlarni sug‘orish va ishlab chiqarish maqsadlariga gidrogeologik xulosa berish, yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash hamda mavjud quduqlardan yerlarni suv tejovchi texnologiyalarsiz sug‘orish taqiqlanadi.
Mavzuga oid
21:05 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
07:31 / 15.09.2023
O‘zbekistonning 23 ta tumanida quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi
21:55 / 06.06.2023