Oyda alyuminiy, oltingugurt va temir topildi
Hindiston oyyurari Yer tabiiy yo‘ldoshida bir necha elementlar borligini aniqladi.
Hindistonning «Pragyan» oyyurari sayyoramiz yo‘ldoshining janubiy qutbida oltingugurt bilan alyuminiy va temir kabi metallarni topdi. Bu haqda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) xabar berdi.
23 avgust kuni Oyga qo‘ngan hind oyyurari Yer tabiiy yo‘ldoshining janubiy qutbida oltingugurt borligini tasdiqladi.
ISRO ma’lumotlariga ko‘ra, Oyda kislorod, temir, alyuminiy, kalsiy, xrom va boshqa elementlar ham topilgan. Shu bilan birga vodorod ham izlanmoqda.
Hindistonning «Chandrayan-3» uchinchi oy ekspeditsiyasi 14 kunga mo‘ljallangan.
Hindiston Oy yuzasiga kosmik apparatni muvaffaqiyatli qo‘ndirgan dunyoning to‘rtinchi davlatiga aylandi. Avvalroq, SSSR, AQSh va Xitoy buni uddalagan edi.
Mavzuga oid
22:34 / 14.10.2024
Hindistonda to‘y mavsumi iqtisodiyotga 70 milliard dollar daromad keltiradi
14:47 / 14.10.2024
Hindistonda to‘y mavsumi iqtisodiyotga 70 mlrd dollar keltiradi
23:55 / 12.10.2024
Hindiston Rossiyaga taqiqlangan texnologiyalarni yetkazib bermoqda - Bloomberg
15:43 / 09.10.2024