O‘zbekiston | 07:36 / 02.09.2023
4637
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida eng ko‘p Tojikiston fuqarolari kelgan

Mamlakatga yetti oyda qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida qancha chet ellik kelgani ma’lum qilindi.

2023 yilning yanvar-iyul oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 7 oyda qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari soni bo‘yicha Tojikiston birinchi o‘rinni egallab turibdi – 1 mln kishi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • Qirg‘iziston – 886 ming nafar;
  • Qozog‘iston – 831,6 ming nafar;
  • Rossiya – 269,6 ming nafar;
  • Turkiya – 28,3 ming nafar;
  • Janubiy Koreya – 4,5 ming nafar;
  • Ukraina – 3,8 ming nafar;
  • Belarus – 3,6 ming nafar;
  • Turkmaniston – 3,5 ming nafar;
  • Germaniya – 2,6 ming nafar.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid