Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi barcha maktab o‘quvchilariga «Qizil kitob» beriladi
Uni tarqatishdan maqsad yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatish ekani aytilmoqda.
O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligi arafasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan «Qizil kitob» 40 ming nusxada chop ettirildi. Kitoblar O‘zbekistonning barcha umumta’lim maktablariga tarqatilmoqda. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Qizil kitob — noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yoki yo‘qolib borayotgan hayvonlar, o‘simliklar va zamburug‘larning izohli ro‘yxati.
Qayd qilinishicha, Xorazm viloyatida 2000 ta, Sirdaryo viloyatida 1250 ta, Jizzaxda 2050 ta, Navoiyda 1400 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 4000 ta kitob o‘quvchilar qo‘liga yetib borgan.
«Qizil kitob» tarqatilishidan maqsad yosh avlodda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rgatish ekani aytilmoqda.
Kitoblar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarga ham tarqatiladi.
Mavzuga oid
17:41 / 15.05.2025
Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
17:38 / 15.05.2025
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi
17:58 / 14.05.2025
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
18:08 / 10.05.2025