Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari Xitoy provinsiyalariga eksport qilinadi
Guanchjouda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmada O‘zbekiston hududlarining eksport va ishlab chiqarish imkoniyatlari namoyish etildi.
O‘zbekistonning Guanchjoudagi bosh konsulxonasi tomonidan joriy yil 25-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan 31st Guangzhou Fair ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi tashkil etildi va mamlakat milliy mahsulotlari namoyish etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va eksportga yo‘naltirilayotgan 20 dan ortiq qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi va qandolat mahsulotlari namoyish etildi, mamlakat sayyohlik va eksport salohiyati taqdimoti o‘tkazildi.
O‘zbekiston diplomatlari ko‘rgazma davomida Guandun import mahsulotlari uyushmasi (GDIFA) bosh kotibining o‘rinbosari Vensi Tan bilan muzokara o‘tkazdilar.
Uchrashuv natijasida tomonlar shu yil 21-23 sentabr kunlari o‘tkaziladigan Food2China Expo and the Guangzhou International Food & Ingredient Fair ko‘rgazmalarida ishtirok etadigan o‘zbek kompaniyalarining stendlari uchun chegirmalar taqdim etish, mamlakat eksportchilari, hududiy ishlab chiqaruvchilari va Guandun, Futszyan provinsiyalari importyorlari hamda savdo tarmoqlari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
31st Guangzhou Fair ko‘rgazmasi 90 ming kvadrat metr maydonda tashkil etildi. 9 ta pavilondan iborat kompleksda shaharsozlik, mahalliy shaharlarni targ‘ib qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va qishloq hududlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi texnologiyalar namoyish etildi. Ko‘rgazma yangi oziq-ovqat va xalqaro yetkazish zanjirlari, texnologiya va uskunalar, keksalar sog‘lig‘ini saqlash sanoati va tibbiyot yo‘nalishlarini ham qamrab oldi.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025