O‘zbekiston | 11:42 / 05.09.2023
8299
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda 4 tup daraxtni qo‘porgan fuqaroga 400 ta daraxt ekish majburiyati yuklandi

Foto: Ekologiya vazirligi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilish ishlari davomida 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4 tup manzarali daraxtni G‘ijduvon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi qo‘porib tashlagan.
Natijada tabiatga 50 mln 325 ming so‘mlik zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan korxona direktori E.F.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 79-moddasi 2-qismi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, unga qo‘shimcha jazo tariqasida qo‘porilgan daraxtlar o‘rniga 400 tup daraxt ekish va ularni parvarishlash majburiyati yuklangan.

Mavzuga oid