Ishchilar Buyuk Xitoy devoriga shikast yetkazdi – ular yo‘lni qisqartirmoqchi bo‘lishgan
Markaziy Shansi provinsiyasida quruvchilar Buyuk Xitoy devorining bir qismini jiddiy shikastlashdi.

Foto: YOUYU COUNTY POLICE RELEASE
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zi ishlayotgan qurilish maydoniga aylanma yo‘l orqali borish joniga tekkan ikki ishchi ekskavator yordamida devorning cho‘kkan qismini chuqurlashtirib, kengaytirib, uni yer bilan bitta qilishgan. Shu tariqa ochilgan yo‘l ular ishlayotgan «32-Buyuk devor» qurilish maydoniga boradigan yo‘lni sezilarli darajada qisqartiradi – bu yer orqali ular ekskavatorda o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Bu hududdagi shikastlanish haqida dastlabki xabar 24 avgust kuni kelib tushgan, unda devorda ulkan bo‘shliq yuzaga kelgani aytiladi.
Ikki gumonlanuvchi - 38 yoshli erkak va 55 yoshli ayol – qo‘lga olingan, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Xitoy hukumati xabarida ular «Min davriga mansub Buyuk devor yaxlitligiga va madaniy yodgorlik saqlanishiga o‘nglab bo‘lmas darajada zarar yetkazgani» qayd etilgan.
Yuyyu uyezdida joylashgan «32-Buyuk devor» - Min davri Buyuk devorining bir uchastkasidir. U provinsiya darajasida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy obidalar toifasiga kiradi.
1987 yilda YuNeSKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Buyuk Xitoy devori miloddan oldingi 220 yildan qurila boshlangan va milodiy 17 asrdagi Min sulolasi boshqaruvi davriga qadar to‘xtovsiz ravishda qayta tiklab kelingan. U o‘z vaqtida dunyodagi eng yirik harbiy istehkom ham sanalardi.
Devorning saqlanib qolgan qismi asosan Min sulolasi boshqaruvi davrida qurilgan va shu tufayli Buyuk Min devori deb ataladi.

O‘tgan yillarda ham devorning ayrim uchastkalari, asosan chekka qishloq hududlaridagi qismlarda shikastlanish va vayrongarchiliklar kuzatilgandi.
2016 yilda Beijing Times gazetasi Buyuk Min sulolasi devorining 30 foiz qismi to‘liq vayron bo‘lgani va faqat 8 foiz qismi yaxshi saqlangan deb hisoblanishini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri «chet el agenti» deb e’lon qilindi
Jahon | 21:02
-
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
Jahon | 21:00
-
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin
Jahon | 20:39
-
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi
Jahon | 20:19
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

23:16 / 01.04.2025