Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekistonga investitsiya qonunchiligini takomillashtirishga yordam beradi
Xalqaro moliya korporatsiyasi Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga yangi investitsiya qonunchiligini tayyorlashda yordam beradi.
O‘zbekiston hukumati va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida mamlakatning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bitim tuzildi.
Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda IFC O‘zbekiston hukumatiga bozorga chiqish qoidalarini aniq belgilaydigan, xorijiy investorlar va ularning investitsiyalariga teng munosabatda bo‘lishni ta’minlaydigan, investorlarga nizolarni hal qilishning xalqaro mexanizmlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan va faqat tashqi iqtisodiy va xususiy investitsiyalarga yo‘naltirilgan yangi investitsiya qonunchiligini tayyorlashda yordam beradi.
IFC hukumatga maxsus iqtisodiy zonalarni yaratish va ulardan foydalanishda xususiy sektor ishtirokini ta’minlaydigan me’yoriy hujjatlarni amalga oshirishga yordam beradi hamda tegishli texnik-iqtisodiy asoslar hamda atrof-muhit va barqarorlik tahlili asosida joy tanlashni ta’minlaydi. Amaldagi qoidalar hududlarni davlat tomonidan boshqarishni nazarda tutadi, bu esa xususiy sektor ishtirokini cheklaydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini to‘xtatadi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025