O‘zbekiston | 14:54 / 05.09.2023
8720
2 daqiqa o‘qiladi

Yangi o‘quv yili – yangi marralar, yangi rejalar sari yo‘l

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalaridagi kabi Termiz davlat universitetida ham yangi o‘quv yili “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida tantanali ravishda, ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi.

Foto: Termiz davlat universiteti matbuot xizmati

Yangi o‘quv yili ochilish marosimida Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov nutq so‘zlab, barcha yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi hamda talabalik baxtiga muyassar bo‘lganliklari bilan tabrikladi. Ularga yangi o‘quv yilida yangi marralar, natijalarga erishishlarini tilab, o‘quv yilini rasman ochdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat Nuroniylar kengashi raisi O.Soatov, viloyat xalq deputatlari kengashi a’zosi D.Suvonova yurtimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, ta’lim sifatida bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Ayni paytda Termiz davlat universitetida 680 nafar professor-o‘qituvchilar 23941 nafar talabalarga dars berib kelishmoqda. Joriy yilda 3212 nafar yigit-qizlar talabalik maqomiga ega bo‘lishdi. Ularning 1530 nafari kunduzgi, 150 nafari kechki, 725 nafari sirtqi, 675 nafari ikkinchi oliy ta’limga hamda 132 nafari magistratura bosqichiga qamrab olindi.

“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” ham iliq taassurotlarga boy bo‘ldi.

Termiz davlat universiteti rektori, professor A.Maraximov 1-bosqich talabalari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Muloqot davomida talabalarga mamlakatimizda 32 yil davomida erishilgan yutuqlar, Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, ta’limdagi islohotlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko‘rsatkichlar hamda erishilayotgan yutuqlar to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Mavzuga oid