AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga tashrif buyurdi
OAV Blinkenning Ukrainaga tashrifi ehtimoli haqida bir kun avval norasmiy ravishda xabar topgan edi.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevga rasmiy tashrif bilan keldi, deb xabar bermoqda «Yevropa haqiqati» nashri.
Ommaviy axborot vositalari Blinkenning Ukrainaga tashrifi ehtimoli haqida bir kun avval norasmiy ravishda xabar topgan edi, ammo AQSh Davlat departamenti bu ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.
Qo‘shma Shtatlar davlat kotibining tashrifi bo‘yicha boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.
6 sentabrga o‘tar kechasi Ukraina shaharlari, jumladan, Ukraina poytaxti raketa va dronlardan foydalangan holda ommaviy o‘qqa tutilgani aytilgan.
Havo hujumi haqida trevoga signali Blinken kelishidan bir necha soat oldin o‘chirilgan.
Mavzuga oid
09:10 / 09.10.2024
Kiyev noyabrda tinchlik sammiti o‘tkazish rejasidan voz kechdi
09:40 / 08.10.2024
Kiyev RF harbiy kemasi ishdan chiqarilganini e’lon qildi
11:30 / 05.10.2024
Kiyev: RF harbiylari kamida 93 ukrainalik asirni qatl etdi
09:50 / 02.10.2024