Jahon | 22:24 / 06.09.2023
12494
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yangi qit’alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi 

Raketa taxminan 6,8 ming km masofani bosib o‘tib, Tinch okeanidagi Amerika poligoniga quladi. 

Foto: Getty Images

AQSh 6 sentabr kuni Kaliforniyadagi Vandenberg havo kuchlari bazasida Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi. 

Sinovdan maqsad bunday qurol tizimlarining xavfsizligi, samaradorligi va tayyorgarligini tekshirishdan iboratligi aytilmoqda. 

Raketa oddiy kallak bilan uchirildi va taxminan 6,8 ming km masofani bosib o‘tib, Tinch okeanidagi Marshall orollarida joylashgan Amerika poligoniga quladi. Sinov haqida Rossiya tomoni ham oldindan xabardor qilingan. 

Qayd qilinishicha, Minuteman III raketasi uchta yadro kallagini olib yurishga va 12 ming km masofani bosib o‘tishga qodir. Ularni uchirish tizimlari Qo‘shma Shtatlardagi shaxtalarda joylashgan. 400 ta shunday raketa jangovar shay holatda ekani aytilmoqda. 

AQSh 2023 yilda uchinchi marta Minuteman III raketasini sinovdan o‘tkazmoqda. 

Mavzuga oid