Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noturar joyni rasmiylashtirishdan avval yashovchilarni ro‘yxatdan chiqarish talab etiladi
Turar joy noturar joy toifasiga o‘tkazilayotganda u yerda vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha shaxslar mazkur joy kadastr organlarida qayta rasmiylashtirilguniga qadar ro‘yxatdan chiqarilishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining «Fuqarolarni ro‘yxatga qo‘yish tartibini takomillashtirish munosabati bilan hukumat ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilarga o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlar qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga;
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga.
O‘zgartirishlarga muvofiq:
turar joy noturar joy toifasiga o‘tkazilayotganda u yerda vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha shaxslar mazkur joy kadastr organlarida qayta rasmiylashtirilguniga qadar ro‘yxatdan chiqarilishi lozim;
fuqarolar ro‘yxatdan chiqarilganliklari haqida ma’lumot «Raqamli hukumat» platformasi orqali tekshiriladi;
obektning ixtisoslashishini o‘zgartirish bo‘yicha ruxsatnomaga o‘zgartirilgan obektga biriktirilgan yer uchastkasining chegara sxemasi ilova qilinadi.
Mavzuga oid
14:43 / 04.01.2025
2025 yil uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi
18:00 / 30.12.2024
Toshkentda "Anhor" kanali bo‘yida turar joy majmuasi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi
19:00 / 19.11.2024
Tashwell – sog‘lom turmush tarzini xohlovchilar uchun yangi darajadagi turar joy
15:13 / 07.11.2024