Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Alyaskada neft qazib olish bo‘yicha Tramp bergan ruxsatnomalarni bekor qildi
AQShning amaldagi prezidenti avvalgi rahbar qo‘l ostida chiqarilgan ruxsatnomani bekor qilishga qaror qildi.
AQSh rahbari Jo Bayden Alyaskada neft-gaz konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha yer ijarasi uchun avvalgi prezident Donald Tramp vaqtida berilgan ruxsatnomalarni bekor qildi. Bu haqda Oq uy saytida xabar qilindi.
«Iqlim inqirozi sabab Alyaskadagi harorat dunyoning boshqa hududlariga nisbatan ikki baravar tez ko‘tarilmoqda. Shu boisdan biz bu mintaqani saqlab qolishga javobgarmiz», — deyiladi Baydenning Oq uy tomonidan e’lon qilingan bayonotida.
Qayd etilishicha, Bayden administratsiyasi Arktika milliy yovvoyi tabiat qo‘riqxonasi hududidagi 7 ta ijara shartnomasini bekor qiladi. Shuningdek, ushbu qaror Alyaska milliy neft zaxirasi hududida burg‘ilash ishlarini ham taqiqlaydi.
Donald Tramp 2019 yilda qo‘riqxona hududida neft qazib olishni taklif qilgandi. The Wall Street Journal bu hududdagi yerlarni o‘zlashtirish neft kompaniyalari uchun yangi daromad manbayi, shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishiga turtki berishi mumkinligi haqida yozgandi. Biroq amerikalik ekologlar qo‘riqxona hududida neft qazib olish Alyaska ekotizimi buzilishiga olib kelishi, oqibatda tabiatga sezilarli darajada ziyon yetishini ta’kidlagandi.
Trampning taklifiga qadar hududdan neft va gaz qazib olish masalasi yopiq bo‘lgan. Umuman, Arktika milliy qo‘riqxonasi hududidan neft qazib olish mumkin yoki yo‘qligi borasidagi bahslar 1970-yillardan beri davom etib keladi.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025
Tramp saraton kasalligi aniqlangan Baydenni qo‘llab-quvvatladi
08:24 / 19.05.2025