Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda AQSh bilan hamkorlik qiladi
AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henikning Ichki ishlar vazirligiga tashrifi amalga oshirildi.
Joriy yilning 6 sentabr kuni O‘zbekiston IIV binosida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov bilan AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston ichki ishlar organlari va AQSh huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash, o‘zaro tajriba almashish hamda kadrlar malakasini oshirish kabi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga oid masalalar muhokama qilindi.

O‘z navbatida, elchi AQShning diplomatik missiyasi nomidan sohaga oid o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlanishi hamda kengayishi uchun hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida ikki mamlakatning huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash borasida tegishli vazifalar belgilab olindi.

Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025