Iqtisodiyot | 07:39 / 08.09.2023
12424
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va AQSh yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQShdagi muzokaralar chog‘ida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

4-5 sentabr kunlari amaliy tashrif bilan AQShda bo‘lib turgan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ushbu mamlakatning Air Producs, Exxon Mobil, Abbott, HP, Valmont Industries, General Electric, Caterpillar, US Inc, John Deere va boshqa yirik kompaniyalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra,  muzokaralar davomida O‘zbekistonda energetika, sog‘liqni saqlash, suv xo‘jaligi, elektronika, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi uchun yirik texnikalar ishlab chiqarish, geologik-qidiruv ishlarini olib borish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

AQShga amaliy tashrif davom etmoqda.

Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

Mavzuga oid