Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 15 Pro smartfoni Apple kompaniyasining eng yengil telefoni bo‘ladi
iPhone 15 Pro smartfoni Apple kompaniyasining XS modelidan keyin eng yengil telefoni bo‘lishi kutilmoqda.
iPhone 15 Pro smartfoni so‘nggi yillardagi shunga o‘xshash modellarga qaraganda taxminan 10 foizga yengilroq bo‘ladi. U yangi titan ramka tufayli «vazn yo‘qotadi».
Bu shuni anglatadiki, yangi mahsulot iPhone XS modelidan keyingi eng yengil telefon bo‘ladi. Uning vazni atigi 185 grammga teng.
So‘nggi yillardagi iPhone smartfonlari og‘irligi:
- iPhone X: 174 gramm;
- iPhone XS: 177 gramm;
- iPhone 11 Pro: 188 gramm;
- iPhone 12 Pro: 189 gramm;
- iPhone 13 Pro: 203 gramm;
- iPhone 14 Pro: 206 gramm.
iPhone 15 Pro Max ham yengilroq bo‘ladi - u 10 foizga yengillashadi: taxminan 216 gramm.
iPhone XS Max davridan boshlab top smartfonlar og‘irligi:
- iPhone XS Max: 208 gramm;
- iPhone 11 Pro Max: 226 gramm;
- iPhone 12 Pro Max: 228 gramm;
- iPhone 13 Pro Max: 238 gramm;
- iPhone 14 Pro Max: 240 gramm.
Apple yangi gadjetlarini 12 sentabr kuni rasman taqdim etadi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi
09:03 / 21.04.2025