Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokashda kuchli zilzila oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi
Marokash Ichki ishlar vazirligi zilzila qurbonlari sonini, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 290 dan ortiq kishi deb baholagan. Yer silkinishlari qirollikning bir qancha hududlarida sezilgan. Marrakeshda binolarning qulashi qayd etilgan.
Foto: X / Omar_H_
Marokashdagi kuchli zilzila oqibatida 296 kishi halok bo‘ldi. Shimoliy Afrikadagi qirollik Ichki ishlar vazirligi 9 sentabr, shanbaga o‘tar kechasi shunday dastlabki ma’lumotlarni taqdim etdi. Yana kamida 153 kishi tan jarohati olib, shifoxonalarga yuborilgan, deya qo‘shimcha qildi idora.
Marokash Milliy geofizika instituti ma’lum qilishicha, kecha mahalliy vaqt bilan soat 23:00 lar atrofida (9 sentabr, Toshkent vaqti bilan 03:00) 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Geofiziklarning ta’kidlashicha, zilzila episentri Marrakesh-Safi mintaqasidagi Igil tumanida joylashgan. AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 18,5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan, magnitudasi esa 6,8 ballni tashkil qilgan.
Yer silkinishlari bir qancha hududlarda sezildi. Guvohlarning xabar berishicha, Marrakeshdagi turli binolar qulagan.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024