Jahon | 13:14 / 11.09.2023
7803
2 daqiqa o‘qiladi

Zurabishviliga impichment e’lon qilish bo‘yicha hujjatlar Gurjiston KSga topshiriladi

Konstitutsiyaviy sud bir oy ichida o‘z xulosasini jamoatchilik va parlamentga taqdim etishi kerak.

Foto: Reuters

Gurjiston prezidenti Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi hujjatlar 11 sentabr, seshanba kuni mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga topshiriladi. Bu haqda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi, deya xabar beradi mahalliy OAV. 

Unga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud bir oy muddatda jamoatchilik va parlamentga o‘z xulosasini taqdim etishi kerak. 

«Albatta, biz bu xulosani kutamiz va shundan keyin protseduralar davom etadi», - deya Kobaxidzening so‘zlari keltirilgan.

Avvalroq Gurjistonda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi tashabbusi bilan prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayoni boshlangan edi. 

Salome Zurabishvili hukmron partiyaning unga nisbatan impichment e’lon qilishga urinishlari fonida iste’foga chiqmoqchi emasligini aytdi. 

Zurabishvili faqat Gurjiston xalqi oldida javob berishini ta’kidladi. 

«Men faqat sizning oldingizda javob beraman, chunki siz meni tanladingiz va bu tanlov uchun men katta mas’uliyatni his qilyapman. Siz meni tanladingiz, men butun umrim davomida Yevropa tarafdori bo‘lib kelganman, Gurjistonning Yevropa kelajagini qo‘llab-quvvatlaganman», - dedi Gurjiston prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid