O‘zbekiston | 09:25 / 12.09.2023
4351
2 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan davlat bog‘chalarida bolalarga vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut berilishi yo‘lga qo‘yiladi

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi.

Foto: Muqimjon Qodirov / O‘zA

Prezident “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan:

har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

2024 yil 1 yanvardan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid