Aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi eng yuqori bo‘lgan hudud ma’lum qilindi
Qaysi hududda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
2023 yil 1 yanvar holatiga respublikada aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har bir aholiga umumiy yashash maydonidan o‘rtacha 18,5 kvadrat metrni tashkil etgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilning mos davriga nisbatan 0,3 kvadrat metrga oshgan.
Hududlar kesimida aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha Xorazm viloyati yetakchilik qilmoqda – 24,1 kvadrat metr.
Keyingi o‘rinlardan aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi mos ravishda 24,0 va 22,8 kvadrat metr bo‘lgan Navoiy viloyati hamda Toshkent shahri joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Farg‘ona viloyati – 20,8 kvadrat metr;
- Samarqand viloyati – 19,4 kvadrat metr;
- Sirdaryo viloyati – 18,8 kvadrat metr;
- Toshkent viloyati – 17,6 kvadrat metr;
- Buxoro viloyati – 17,4 kvadrat metr;
- Qoraqalpog‘iston R. – 17,1 kvadrat metr;
- Namangan viloyati – 17,0 kvadrat metr;
- Jizzax viloyati – 17,0 kvadrat metr;
- Qashqadaryo viloyati – 16,6 kvadrat metr;
- Andijon viloyati – 15,7 kvadrat metr;
- Surxondaryo viloyati – 13,7 kvadrat metr.
Mavzuga oid
11:04 / 13.10.2024
O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga nechta avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
11:06 / 29.09.2024
2024 yil 8 oyda O‘zbekiston tashqi savdosidagi yetakchi davlatlar ma’lum qilindi
23:05 / 27.09.2024
Kuvayt, Singapur va Norvegiya dunyodagi eng xavfsiz davlatlar qatoriga kirdi
22:30 / 27.09.2024