Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport maktablari o‘quvchilarining ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar tasdiqlandi
Gigiyenik talablarda o‘quvchi-sportchilar uchun ratsionni tuzishda mahsulotlarga ishlov berish usuli, oshqozonda ozuqaviy moddalarni hazm qilish vaqti, ularning ichaklarda harakatlanish tezligi va mahsulotlarning organizmda so‘rilishi hisobga olinishi shartligi nazarda tutilmoqda.
Sport maktablari o‘quvchi-sportchilarining ovqatlanishiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar Adliya vazirligida hisobga olindi.
Gigiyenik talablarga ko‘ra, o‘quvchi-sportchilar uchun oziq-ovqat ratsioni quyidagi asosiy gigiyenik talablarga javob berishi kerak:
ratsionning kunlik kaloriya miqdori sportchining energiya sarflariga mos kelishi;
ratsionning kimyoviy tarkibi, kaloriya miqdori va hajmi sport turini hamda tayyorgarlik davrini hisobga olgan holda o‘quvchi-sportchi organizmining ehtiyojlari va xususiyatlariga mos kelishi;
oziq-ovqat tarkibidagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar balanslashgan bo‘lishi, ularning miqdori sport turini va mashg‘ulot jarayonining intensivligini hisobga olgan nisbatlarda bo‘lishi;
kundalik ratsionda o‘simlik va hayvon mahsulotlarining keng assortimenti bo‘lishi;
oziq-ovqat zararsiz (zaharli moddalar va patogen bakteriyalarni o‘z ichiga olmagan holda) bo‘lishi.
Gigiyenik talablar bilan sport turlari bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchi-sportchilar uchun kunlik talab etiladigan kaloriya va asosiy ozuqaviy moddalar (oqsil, yog‘ va uglevodlar), kunlik vitamin va mineral moddalar miqdorlari belgilanmoqda.
Gigiyenik talablarda o‘quvchi-sportchilar uchun ratsionni tuzishda mahsulotlarga ishlov berish usuli, oshqozonda ozuqaviy moddalarni hazm qilish vaqti, ularning ichaklarda harakatlanish tezligi va mahsulotlarning organizmda so‘rilishi hisobga olinishi shartligi nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid
19:57 / 22.05.2025
AQShda «doping o‘yinlari» o‘tkaziladi
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
20:59 / 16.04.2025
Har yili dekabrda «Prezident Olimpiadasi» o‘tkaziladi
18:01 / 13.02.2025