Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlarga ayrim soliq huquqbuzarliklari uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tartibida qo‘llanadi
1 oktyabrdan tadbirkorlik sub’yektlariga miqdori 10 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkor huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalar faqatgina sud tartibida qo‘llanadi.
Prezident “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga miqdori 10 million so‘mdan yuqori bo‘lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik sub’yekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo‘llash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish tartibi joriy etiladi.
“Izlanish va rivojlanish” (R&D) markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summa miqdorining 1 foizini to‘lash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash tartibi joriy etiladi.
Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid
15:53 / 06.06.2024
“Haqiqiy biznesmen raqobat tarafdori bo‘ladi” - Doniyor G‘aniyev JSTga a’zolik haqida
09:39 / 03.06.2024
Prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti joriy yilda Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tadi
18:29 / 30.05.2024
“Bu tadbirkorlarning qo‘rquvda yashashiga olib keladi” – mutaxassis bozor narxlari asosida soliq hisoblanishi haqida
10:07 / 30.05.2024