O‘zbekiston | 19:02 / 12.09.2023
11971
1 daqiqa o‘qiladi

Tezlik 60 km/soatga tushirilgach, kamera o‘rnatilgan joylarda YTHlar 30 foizga kamaygan

O‘zbekiston yo‘llarida jami 2,5 mingdan ziyod kamera va radarlar o‘rnatilgani ma’lum qilindi. Prezident huzuridagi yig‘ilishda aytilishicha, shaharlarda tezlik cheklovi 60 km/soatga tushirilgach, kamera o‘rnatilgan hududlarda avariyalar 30 foizga kamaygan.

O‘zbekistonda bugungi kunga qadar huquqbuzarliklarni qayd etuvchi jami 2,5 mingdan ziyod kamera va radarlar o‘rnatilgan. Bu haqda prezident huzurida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, aholi joylarida harakatlanish 60 kilometr-soatga tushirilishi hisobiga kamera o‘rnatilgan hududlarda avariyalar 30 foizga kamaygan.

Shavkat Mirziyoyev bu ishlarni davom ettirish, “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimlarini kengroq joriy qilish zarurligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha shaharlar, xususan tumanlar markazlarida avtomobillar harakatining eng yuqori tezligi 2023 yil 1 apreldan boshlab soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilgan edi.

Avvalroq 2023 yilning 7 oyi davomidagi YTHlarda 1115 kishi qurbon bo‘lgani ochiqlangan edi.

Mavzuga oid