Avgust oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar savdosi biroz pasaydi
Oy davomida 97,5 mingta yengil avtomobillar sotilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasaygan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekiston avtomobil bozorida avgust oyi yakunlari bo‘yicha sharh taqdim etdi.
O‘zbekiston avtomobil bozorida barqaror o‘sish davom etmoqda. Oy davomida sotuvlar 2,4 foizga o‘sgan va eng sezilarli o‘sish elektromobillar ikkilamchi bozorida qayd etilgan.
Avgust oyida jami 37,7 mingta yangi yengil avtomobillar sotilib, avtomobil sotuvi o‘tgan oyga nisbatan foizga o‘sgan. O‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan birlamchi yengil avtomobillar bozorida o‘sish 2 baravardan ko‘proqni tashkil etdi.
Ikkilamchi bozorda yengil avtomobillar savdosi biroz pasaydi. Oy davomida 97,5 mingta yengil avtomobillar sotilib, o‘tgan oyga nisbatan 0,1 foizga pasaygan. Shu bilan birga, o‘tgan yilning avgust oyiga nisbatan sotuv miqdori 7 foizga o‘sgan.
Avgust oyida yengil elektromobillar sotuvi 3,7 mingtadan oshib, iyul oyiga nisbatan 38 foizga ko‘paygan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan elektromobillar sotuvi 5 baravarga oshgan.
Mavzuga oid
21:48 / 23.11.2024
Odamlar o‘limiga ko‘proq sabab bo‘layotgan eng xavfli avtomobillar sanaldi
13:07 / 18.11.2024
Piskent poligonidagi navbat elektron shaklga o‘tkazildi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
09:52 / 15.11.2024