Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florensiyada O‘zbekistonning Italiyadagi birinchi madaniyat markazi ochildi
Italiyada birinchi bo‘lib ochilgan ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi faxriy konsulligining tezkor shtabi qaror topgan La Leopoldina yangi binosi yonida joylashgan.
Italiyaning Giornale Diplomatico kundalik onlayn gazetasida O‘zbekiston Madaniyat markazi ochilishi tafsilotlariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda qayd etilganidek, Italiyada birinchi bo‘lib ochilgan ushbu markaz O‘zbekiston Respublikasi faxriy konsulligining tezkor shtabi qaror topgan La Leopoldina yangi binosi yonida joylashgan.
“Madaniyat markaziga XV asrda yashagan buyuk o‘zbek olimi, astronom Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan. Markazning ochilish marosimida O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov, "Vatandoshlar" jamoat fondi vakillari, hukumatning sobiq vakili Tisiana Nisini, Florensiya munitsipaliteti vakili, maslahatchi Bettarini ishtirok etdi”, deb yozadi onlayn nashr.
Maqolada ushbu markazni ochish g‘oyasi direktor Kamila Qirg‘izova hamda O‘zbekistonning faxriy konsuli Leonardo Komuchchiga tegishli ekanligi ham qayd etilgan.
Alohida ta’kidlanganidek, “u mahalliy muhitga ajoyib tarzda integratsiyalashgan va tobora o‘sib borayotgan o‘zbekistonliklar hamjamiyati uchun yangi uchrashuv joyi bo‘lib qoladi. Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro almashuv aloqalarining ko‘lamlari tobora kengayib borayotgan hozirgi paytda o‘zbekistonlik va italiyalik tadbirkorlar uchrashuvlarini ham tashkil qilish mumkin bo‘lgan maskanga aylanadi”.
Mavzuga oid
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi
16:54 / 12.02.2025