O‘zbekiston | 13:00 / 13.09.2023
6025
2 daqiqa o‘qiladi

“Humo Air” aviakompaniyasi vakillari transport vaziri Ilhom Mahkamov bilan uchrashdi

Humo Air barcha toifadagi yo‘lovchilar ehtiyojidan kelib chiqib turli yo‘nalishlar va moslashuvchan jadvallarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan. Bu haqida kompaniya mutasaddilari Transport vazirligiga o‘z takliflarini taqdim etishdi.

Foto: Humo Air

Humo Air aviakompaniyasi mas’ullari hamda O‘zbekiston respublikasi Transport vazirligi mutasaddilari ishtirokida O‘zbekiston aviatsiya sanoati va transport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik va sheriklikning asosiy masalalari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazirlik e’tiboriga Humo Air’ning aholida aviaqatnovlardan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish va ichki aviaqatnovlarga rag‘batni kuchaytirishga qaratilgan yangicha ko‘rinishdagi taqdimoti namoyish etildi. Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifatini va parvozlar xavfsizligini ta’minlashda yuqori standartlarni belgilab, yo‘lovchilarga qulay sharoit, arzon narxlar va ishonchli parvozlarni taklif etadi.

Humo Air aviakompaniyasining muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘yishi turizmni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kompaniya turli toifadagi yo‘lovchilar uchun turli yo‘nalishlar va moslashuvchan jadvallarni yo‘lga qo‘ymoqda. Humo Air barcha fuqarolar uchun havo qatnovi qulay bo‘lishini va undan hamma foydalana olishini xohlaydi.

Mavzuga oid