Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 07:32 / 13.09.2023
12678
1 daqiqa o‘qiladi
Kamida 3 ta tijorat bankida islom moliyasi mezon va tartiblari joriy etiladi
Banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish rejalashtirilmoqda.
Prezident bilan bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Unda quyidagilar nazarda tutilgan:
- bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 40 milliard dollarga yetkazish, bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish;
- banklarni xususiylashtirish va davlat ixtiyorida 3-4 ta bankni saqlab qolish, bank bozoriga kamida 4 ta yirik nufuzli chet el banklarini jalb qilish;
- sudga kiritilgan da’volar bo‘yicha kreditlarga oshirilgan foiz va jarima hisoblashni to‘xtatib turish mexanizmlarini joriy qilish;
- banklarga xalqaro tan olingan minimal standart va talablarni joriy qilish orqali me’yorlar va nazorat bazalarini takomillashtirish;
- kamida 3 ta tijorat bankida islom moliyasi mezon va tartiblarini joriy etish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
15:06 / 01.05.2025
Moliyaviy xavflarni aniqlash va baholash tartibi belgilandi
12:35 / 18.04.2025
Tadbirkorlar tomonidan moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengaytiriladi
14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin
13:44 / 18.02.2025