Jahon | 11:59 / 13.09.2023
9251
2 daqiqa o‘qiladi

Liviyaning Derna shahrida suv toshqinlari oqibatida 5 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi

Foto: AP

Butun oilalar halok bo‘lganligi sababli, qurbonlarning ko‘pchiligi shaxsini aniqlash qiyinlashgan.

Liviyaning Derna shahrida kuchli suv toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 5,2 ming kishidan oshdi. Bu haqda vakillar palatasi tomonidan mamlakat sharqida e’lon qilingan hukumat ichki ishlar vaziri Tariq al-Xarraz «Anadolu»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ulardan 1300 nafarining shaxsi aniqlangan. Butun oilalar halok bo‘lganligi sababli, o‘lganlarning aksariyati shaxsini aniqlash qiyin, deydi u.

Xarraz Dernadagi qurbonlar soni 10 ming kishidan oshishi mumkinligidan ogohlantirdi.

10 sentabr kuni «Daniel» dovuli Liviyaning shimoli-sharqiga yopirilib, O‘rta Yer dengizi sohilidagi shaharlarga kuchli shamol va momaqaldiroqli yomg‘irlarni olib keldi.

Kuchli yog‘ingarchilik infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi, ko‘plab turar joy binolari, shifoxonalar va boshqa fuqarolik obektlarini suv bosdi. Evakuatsiya qilish va bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. 

Mavzuga oid