O‘zbekiston | 07:49 / 13.09.2023
2655
2 daqiqa o‘qiladi

Maxcyc iqtisodiy zonalarda investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi 

O‘zbekistonda investorlar uchun yangi qulayliklar joriy etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan maxcyc iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Mazkur hujjat bilan 2023 yil 1 dekabrdan quyidagi davlat xizmatlari, YaIDXP va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, maxsus iqtisodiy zonalar direksiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:

  • investitsiya loyihalarni joylashtirish;
  • ishtirokchilarni ro‘yxatga olish;
  • investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.


Ushbu qaror bilan tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatish reglamenti tasdiqlanmoqda. 

Ariza va ilovalarni qabul qilgandan so‘ng, direksiya:

  • 10 kun ichida investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi;
  • loyiha uchun talab etiladigan yer maydoni va binoni onlayn-auksionga chiqaradi;
  • auksion g‘olibi bilan investitsiya loyihasini amalga oshirish haqida shartnoma imzolaydi;
  • kerakli hujjatlar va bir marotabalik yig‘imni taqdim etgandan so‘ng investorni maxsus iqtisodiy zona ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga oladi.

Mavzuga oid