O‘zbekiston | 11:00 / 13.09.2023
7053
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Qanday qilib 11-sinfdayoq IT yo‘nalishi bo‘yicha universitetga kafolatli kirish

Foto: IT Park University

IT Park University muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng avtomatik tarzda bakalavr darajasiga kirish imkoniyatini beruvchi onlayn tayyorlov kurslarini yo‘lga qo‘ydi. Abituriyentlar matematika va ingliz tili bo‘yicha bilimlarini talab etiladigan darajagacha oshirib, nufuzli universitet talabasi bo‘lishlari mumkin.

IT Park University tayyorlov kurslari kirish imtihonlarisiz bakalavriatga kirish imkoniyatini beradi. Maktab va litseylarning bitiruv sinflari o‘quvchilari, shuningdek, IT-mutaxassislikka ega bo‘lishni istovchilar qatnashishlari mumkin. O‘tish ballini to‘plagan tinglovchilar birinchi kursga qabul qilinadilar.

«IT Park University Prezidentimiz topshiriqlariga binoan, xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunning muhim vazifalaridan biri, yoshlar uchun IT imkoniyatlarini ochishdir. Bizning tayyorgarlik kursimiz ham shunga hissa qo‘shadi. U bilimlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirib, abituriyentga IT Park University’da o‘qish uchun zarur bo‘lgan darajaga erishishga yordam beradi.

Tayyorgarlik kursi — 7 oy davom etadigan, yuqori sifatli, samarali va to‘liq ta’limdir. Bo‘lajak talaba shu davr mobaynida kerakli hajmdagi ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi», — dedi IT Park University bosh direktori, Bohodir Ayupov

IT Park University talabalari birinchi semestrdanoq natijalar ko‘rsatishmoqda. Shu jumladan, talaba Roman Kolesov abituriyentlarning savollariga tezkor javoblar berishga mo‘ljallangan, sun’iy intellektga ega bot yaratishga muvaffaq bo‘lib, uni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatovga ham taqdim etdi.

IT Park University kurslari bir qator afzalliklarga ega.

IT universitetga kafolatlangan kirish 11-sinfdanoq

Universitetga tayyorgarlik va uning natijalarini kutish — o‘smir uchun katta stressdir. Ma’lum miqdordagi ma’lumotni o‘zlashtirish kerak, kirish imtihonidan oldingi asabiylashishlar, agar birinchi martada kirishga muvaffaq bo‘lmasa, bir yil yo‘qotishga yoki unchalik istamagan universitetda o‘qishga rozi bo‘lishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, hayajon tufayli abituriyent ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yishi va pastroq natija ko‘rsatishi mumkin.

IT Park University tayyorlov kursi — bu qulay muddatda kerakli materialni o‘zlashtirish, bilimlar sinovidan xotirjam o‘tish, o‘tish ballarini to‘plash va O‘zbekistondagi eng yaxshi universitetda o‘z joyini egallash imkoniyatidir.

E’tiborni IT yo‘nalishida o‘qish uchun zarur bo‘lgan bilimlarga qaratish

Dastur ko‘p fanlarni qamrab olmasdan, aynan IT mutaxassisliklarini o‘rganish uchun mustahkam poydevor yaratadi. Xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilar tinglovchilarning e’tiborini qanday mavzularga qaratish kerakligini biladilar.

Kurslar 4 ta fanni o‘z ichiga oladi:

1) Akademik ingliz tili

Abituriyent universitetda materialni oson o‘zlashtira olishi, shuningdek, chet ellik o‘qituvchilar va boshqa talabalar bilan muloqot qila olishi uchun, o‘qituvchilar abituriyentning darajasini Intermediate B1 darajasiga yetkazadilar.

2) Matematika 

Matematika — dasturchi uchun asosdir. Tayyorgarlik kursida tinglovchilar kelajakda kodni samarali yozish, algoritmlarning ishlashini yaxshilash va boshqa jarayonlarda yordam beradigan bilimlarga ega bo‘ladilar.

3) IT Basics

Bu fan axborot texnologiyalari asoslari haqida tushuncha beradi va IT olamiga olib kiradi. Talabalar birinchi kursga asosiy atamalar va tushunchalarni bilgan holda kelishadi.

4) Soft skills

IT loyihalari — bu jamoaviy ishdir, shuning uchun, hamkasblar bilan samarali muloqot o‘rnatish, taqdimot, o‘zini o‘zi boshqarish va vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish muhimdir. Soft skills — muvaffaqiyatli kareraning muhim tarkibiy qismidir. 

Zamonaviy ta’lim shakllari

IT Park University — an’anaviy ta’lim shakllaridan uzoqlashgan universitetdir. Kurslar onlayn formatda o‘tkaziladi, bu dunyoning istalgan nuqtasidan o‘qish imkonini beradi. Bundan tashqari, universitet ko‘pchilikka Amerika filmlaridan tanish bo‘lgan Flipped learning modelini tanlagan.

Ushbu modelda talaba jim tinglovchi emas, balki muhokamaning to‘liq ishtirokchisidir. Bu esa, bilim olish jarayoni maroqli va dinamik bo‘lishi uchun xizmat qiladi.

Ta’lim fokusini tanlash

IT Park University agar abituriyent faqatgina bir fanni yaxshilashni istasa, matematika yoki ingliz tilini alohida o‘qish imkoniyatlarini taklif etadi. Qulaylik uchun 3 ta variant ishlab chiqilgan.

Keng qamrovli Foundation Studies Core barcha fanlarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan: matematika, ingliz tili, IT Basics va Soft skills. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar bakalavriat bosqichiga imtihonsiz qabul qilinadilar.

Foundation Studies Math Boost — bu IT Basics va Soft skills’ni o‘z ichiga olgan, matematika bo‘yicha intensiv kursdir. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar bakalavriat bosqichiga imtihonsiz qabul qilinadilar.

Foundation Studies English Boost — bu IT Basics va Soft skills bilan to‘ldirilgan, ingliz tili bo‘yicha intensiv kursdir. Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar ingliz tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadilar.

Navbatdagi potok 23-oktyabrda boshlanadi.

IT Park University’ga imtihonsiz kirish haqida batafsil ma’lumotni saytdan bilib olishingiz va hujjatlaringizni topshirishingiz mumkin.

Hozirda 550 000 so‘mdan 720 000 so‘mgacha chegirmalar mavjud.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid