O‘zbekiston | 08:38 / 13.09.2023
4973
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non chiqindiga tashlanyapti

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari chiqindiga tashlanmoqda. «Maxsustrans» isrof qilingan oziq-ovqat mahsulotlari yil sayin ortib borayotganini ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti / Aleksey Suxorukov

Toshkentda har kuni 3 tonnaga yaqin non mahsulotlari axlatga tashlanadi. Bu haqda «Maxsustrans» ishlab chiqarish boshqarmasi bosh inspektori Ismoil Sa’dullayev xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda poytaxtda eng ko‘p chiqindiga tashlanadigan mahsulot bu — non va oziq-ovqat mahsulotlaridir. Bu mahsulotlarni yildan yilga chiqindiga tashlash holatlari ortib bormoqda.

«Toshkent shahrida bir kunda 2300 tonna chiqindi yig‘ib olinsa, shundan 3 tonnaga yaqini nondan iborat», — deydi u.

2022 yil aprel oyida Adliya vazirligi poytaxtda har kuni 2 tonna non mahsulotlari chiqindiga tashlanishi haqida xabar bergan edi.

Mavzuga oid