O‘zbekiston monetar oltin zaxiralari bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi
Mintaqa davlatlarining oltin zaxiralari taqqoslandi.

Foto: Getty Images
2023 yil iyul oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning monetar oltin zaxiralari 377,2 tonnani tashkil etdi. Bu haqda Goldomania ixtisoslashgan portalida ma’lumotlar keltirilgan. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich.
Qozog‘istonning oltin zaxiralari 313,5 tonnadan ortiq, Qirg‘izistonniki esa 16,7 tonnaga yaqin. Tojikiston bu borada eng past ko‘rsatkichga ega – atigi 7,42 tonna. Turkmaniston bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q.
«Slavyan uchburchagi» deb nomlanuvchi davlatlar orasida Rossiya eng ko‘p oltin zaxirasiga ega - 2,3 ming tonnadan ortiq. Belarusda 53,6 tonna va Ukrainada 27 tonna oltin zaxiralari bor.
Oltin zaxiralari bo‘yicha dunyo yetakchilari - AQSh (8,1 ming tonna), Germaniya (3,4 ming tonna), Italiya (2,5 ming tonna), Fransiya (2,4 ming tonna), Rossiya (2,3 ming tonna) va Xitoy (2,1 ming tonna) hisoblanadi.
Dunyo mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar zaxiralarida saqlanayotgan monetar oltinning umumiy hajmi 35 ming tonnadan ortiq.
Monetar oltin — tanga, quyma yoki plastinka ko‘rinishidagi metall bo‘lib, sofligi 995 dan 1000 gacha bo‘lishi shart. Quyma oltin Good Delivery xalqaro standartlariga mos kelishi lozim.
Mavzuga oid

15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

13:04 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

09:10 / 24.04.2025