Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya supermarketi xaridorlarni «shrinkflyatsiya» haqida ogohlantira boshladi
Carrefour supermarketi xaridorlarni mahsulot hajmi/og‘irligi pasaygani, natijada narxi «xufyona» oshgani haqida ogohlantirmoqda.
Fransiyadagi Carrefour supermarketlar tarmog‘i peshtaxtalarda xaridorlarni «shrinkflyatsiya» haqida ogohlantiruvchi belgilarni qo‘yishni boshladi.
«Shrinkflyatsiya» – bu iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan narxlarni yashirin tarzda oshirish usulidir: mahsulot narxi oshganini bildirmaslik maqsadida, uning qadog‘i kamaytiriladi.
Carrefour vakillari shu yo‘l bilan ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga bosim o‘tkazmoqchi ekanini, narxlarni pasaytirishga erishmoqchi ekanini aytmoqda.
Carrefour «shrinkflyatsiya»ga uchragan 26 ta mahsulotni aniqladi, ularning qadoqlari kichrayib ketgan, ammo narxi o‘zgarmagan. Masalan, Nestle tomonidan ishlab chiqarilgan Guigoz sut mahsuloti qadog‘i 900 grammdan 830 grammgacha qisqargan. Lipton Ice Tea choyi shishasining hajmi 1,5 litrdan 1,25 litrgacha kamaytirilgan. Viennetta muzqaymog‘i vazni 350 grammdan 320 grammgacha kamaygan.
Fransiyaning ikkinchi yirik oziq-ovqat chakana sotuvchisi Carrefour bunday mahsulotlarni peshtaxtalarda «Ushbu mahsulot hajmi/og‘irligi pasaydi, amalda esa narxi oshdi», degan yozuvlar bilan joylashtirmoqda.
Britaniya iste’molchilari ham «shrinkflyatsiya» kundalik tovarlar narxiga ta’sir qilganini da’vo qilmoqda: mushuklar uchun oziq-ovqatdan tortib shokoladli pecheniyegacha.
Biroq, Britaniya supermarketlari Carrefour kompaniyasi ortidan borishni istamaydi. Chakana savdo bo‘yicha mutaxassis Ged Futter so‘zlariga ko‘ra, bu strategiya chakana sotuvchilar va tovar yetkazib beruvchilari o‘rtasidagi munosabatlarni buzishi mumkin. Futterning fikricha, Carrefour shu yo‘l orqali boshqa supermarketlar bilan raqobatlashishga harakat qilmoqda, ammo bu juda qo‘pol va xatarli usul.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025