O‘zbekiston | 07:51 / 15.09.2023
1993
1 daqiqa o‘qiladi

Korean Airports aeronavigatsiya bo‘yicha o‘zbek mutaxassislarini qayta tayyorlov kursida o‘qitadi

«O‘zaeronavigatsiya» markazi va KAC o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Joriy yilning 12 sentabr kuni «O‘zaeronavigatsiya» markazi DUK va KAC (Korean Airports Corporation) korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida «O‘zaeronavigatsiya» markazi DUK mutaxassislarini qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish masalasi muhokama qilindi.

Bundan tashqari, markaz muhandis-texnik xodimlari bilan nosozliklarni bartaraf etish uchun operativ yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish