O‘zbekiston | 07:38 / 15.09.2023
2297
1 daqiqa o‘qiladi

Koreya O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshiradi

Transport vazirligi va Seul universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Transport vaziri o‘rinbosari Ilhom Abdug‘afforov boshchiligidagi ishchi guruhning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida transport sohasida o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlarga erishildi.

Seul shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – Koreya biznes-forumi doirasida O‘zbekiston Transport vazirligi va Seul universiteti o‘rtasida yo‘l xo‘jaligi va transport sohasida texnologik yechimlarni almashish borasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Kelishuvga muvofiq mazkur universitet tomonidan «O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi salohiyatini rivojlantirish» grant loyihasini hamkorlikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid