O‘zbekiston | 07:12 / 15.09.2023
10497
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» taqdim etadigan ob-havo prognozlari necha foiz ishonchli ekani ma’lum qilindi

“O‘zgidromet”ning ob-havo prognozlari necha foiz ishonchli ekani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” boshqarma boshlig‘i Azimjon Narzullayev iqlim o‘zgarishi muammolari, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot taqdim etdi

Sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar natijasida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning oqlanish darajasi:

  • qisqa muddatli ob-havo prognozlari ishonchliligi — 93 foizni;
  • o‘rta muddatli ob-havo prognozlari ishonchliligi  — 90 foizni;
  • xavfli meteorologik hodisalar yuzaga kelishi yuzasidan shoshilinch axborotlar ishonchliligi — 97 foizni tashkil etmoqda.

Joriy yilda Butunjahon meteorologik tashkiloti ma’lumotlar bazasiga kunlik ob-havo ma’lumotlari yuboriladigan stansiyalar soni amaldagi 39 tadan 79 taga oshirildi. 

“O‘zgidromet” tomonidan sohani modernizatsiya qilish, kuzatuvlar tarmog‘ini rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, xodimlar salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan umumiy qiymati 19,5 million AQSh dollari bo‘lgan 6 ta xalqaro grant loyiha amalga oshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid