O‘zbekiston | 07:35 / 16.09.2023
5062
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat bog‘chalarida har chorshanba kuni bolalarga yod preparatini umumiy ichirish kuni deb belgilandi

Yod preparatlarini saqlash va hisobotini yuritish davlat maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari hamshirasi yoki mas’ul xodimi tomonidan yuritiladi.

Foto: Muqimjon Qodirov / O‘zA

Davlat maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida haftaning har chorshanba kuni bolalarga yod preparatini umumiy ichirish kuni deb belgilandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ta’lim tashkilotlari rahbarlari ta’lim maskanlarida bolalarning preparatni ichishlari uchun suv va boshqa zarur sharoitlarni yaratadi. 

Yod preparatlarini saqlash va hisobotini yuritish davlat maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari hamshirasi yoki mas’ul xodimi tomonidan yuritiladi.

Bolalarda yod tanqisligining mavjudligi ularda quyidagi noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkin:

  • aqliy qobiliyatning buzilishi;
  • aql-idrokning pasayishi;
  • bo‘qoqning rivojlanishi va qalqonsimon bezning disfunksiyasi;
  • bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishini sekinlashishi;
  • kretinizm, ya’ni qalqonsimon bezning yetarli darajada ishlamasligi tufayli bolaning rivojlanishidagi kechikish.

Mavzuga oid