Og‘ir atletika: Akbar Jo‘rayev jahon chempioni, Ruslan Nuriddinov ikkinchi bo‘ldi
O‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
16 sentabr kuni 109 kg vazn toifasida erkaklar musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Dast ko‘tarishda Akbar Jo‘rayev 189 kg natija bilan birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni bolgariyalik Xristo Xristov (181 kg), uchinchi o‘rinni ozarboyjonlik Dadash Dadashbayli (180 kg) qo‘lga kiritdi.
Siltab ko‘tarishda Ruslan Nuriddinov 227 kg natija bilan birinchi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Akbar Jo‘rayev (226 kg), uchinchi o‘rinni ozarboyjonlik Dadash Dadashbayli (223 kg) qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisobda 415 kg natija bilan Akbar Jo‘rayev jahon chempioni bo‘ldi. Ruslan Nurudinov 407 kg natija bilan ikkinchi, Dadash Dadashbayli 403 kg natija bilan uchinchi bo‘ldi.
Har ikkala sportchimiz Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmasi uchun ochkolarni qo‘lga kiritishdi.
Mavzuga oid
16:46 / 10.08.2024
Parij-2024. Akbar Jo‘rayev O‘zbekiston delegatsiyasiga birinchi kumush medalni keltirdi
20:31 / 20.03.2024
Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish choralari belgilandi
18:46 / 06.10.2023
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Xafa qilingan Anvar, yig‘lagan Akbar va yagona oltin
19:07 / 12.05.2023