Nuqtayi nazar | 16:14 / 16.09.2023
189463
2 daqiqa o‘qiladi

Qurg‘oqchilik sharoitlarida an’anaviy dehqonchilik bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi 

O‘zFA katta ilmiy xodimi, biolog olim Baxtiyor Rasulov O‘zbekistonga suv tanqisligi jiddiy xavf solayotganiga e’tibor qaratib, bunday vaziyatda an’anaviy dehqonchilik usullari qishloq xo‘jaligini saqlab qololmasligini, aksincha qo‘shimcha muammolar keltirib chiqarishini aytdi. 

Foto: AP

Suv tanqisligi, qurg‘oqchilik sharoitlarida dehqonchilik bilan shug‘ullanib bo‘lmaydi. An’anaviy dehqonchilik bu masalani yechishga yordam bermaydi. Aytaylik, aprel oxiri mayning boshida chigit ekildi, iqlim va harorat optimal, qulay bo‘lgan sharoitda iyunga borib ekinning birinchi suvi beriladi. Bu o‘rtacha 30-40 kun g‘o‘za suv ichmay, sug‘orilmay turadi degani. Suv ichmasligi esa oziqlanmaganini anglatadi. Biz mana shu jihatga e’tibor bermaymiz. 

Natijada esa g‘o‘zaning bargida zamburug‘lar ko‘payadi. Ular kasallik chiqaradigan zamburug‘ hisoblanadi. Keyin ildizni chirituvchi zamburug‘lar ham bor – bularning hammasi zamburug‘ tabiatli kasalliklar sanaladi. 

Bu turdagi zamburug‘lar ozuqa ololmagach, [o‘sishga] quvvati yetmagan o‘simlikka xuruji ortib, uni nobud qiladi. Oqibatda ko‘p dehqon, fermerlar chigitni qayta ekishga majbur bo‘ladi. Qayta ekkanidan keyin, bu – birinchidan, iqtisodiy zarar, ikkinchidan – hosildorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Baxtiyor Rasulov,
biolog

  • To‘liq intervyuni shu yerda tomosha qilishingiz mumkin.

Mavzuga oid