“Manzil”: Qoraqalpog‘istonning biz bilmagan ajoyibotlari
“Manzil” loyihasi bu safar Qoraqalpog‘istonning betakror kengliklari, oxiri ko‘rinmas ko‘llari va noyob hayvonot olami haqida hikoya qiladi.
Bu sayohatdan avval Qoraqalpog‘iston deganda ko‘z oldimga qurib borayotgan Orol dengizi va Nukus shahri kelardi xolos. Lekin bu sayohat tasavvurlarni anchagina o‘zgartirib yubordi.
Sayohatimiz davomida Qoraqalpog‘istonning uchta nuqtasini, Sariqqamish ko‘li, Sudochi ko‘llar tizimi va suv sathi yildan yilga pasayib borayotgan Orol dengizini tasvirga oldik.
Cho‘l-u biyobonlar orasida uch kun yo‘l yurib nafaqat O‘zbekiston hududida, balki dunyoning hamma yerida ham uchrayvermaydigan hayvonot olami, o‘ziga xos landshaft va manzaralarga guvoh bo‘ldik.
Yaxshisi bularning barini ko‘rsatuv orqali ko‘rib tomosha qiling.
Ushbu ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Mavzuga oid
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
16:34 / 18.11.2024
“Manzil”: Dengiz sathidan 3000 metr balandlikdagi ko‘l – Arashan buloqqa sayohat
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024