Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abu Dabi Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan davriy ko‘rgazma tashkil etiladi
O‘zbekiston va BAA o‘rtasida madaniy-humanitar hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’at jamg‘armasi va Abu Dabi madaniyat va turizm departamenti o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha anglashuv memorandumi loyihasining onlayn muhokamasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan davriy ko‘rgazmani Abu Dabi Luvr muzeyida tashkil etish, muzeylar xodimlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashuvni yo‘lga qo‘yish hamda madaniy meros yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning muzeylar faoliyati bilan tanishuvi asosida malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, Amirliklar tomoni o‘zaro tashkil etilayotgan madaniy tadbirlar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etish yo‘nalishini qo‘shimcha ravishda loyihaga kiritish taklifini bildirdi.
Uchrashuv yakunida kutilayotgan oliy darajadagi tashriflarni inobatga olgan holda tomonlar loyihaga kelishilgan qo‘shimcha va o‘zgartishlarni kiritish hamda huquqiy rasmiylashtirishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.05.2025
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi
13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?
01:32 / 26.01.2025