Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valutalar ulushini oshiradi
Mintaqa sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, tranzit salohiyatidan foydalanish niyatida.
Markaziy Osiyo davlatlari milliy valutalarda o‘zaro to‘lovlar ulushini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sirojiddin Muhriddinga tayanib, TASS xabar bermoqda.
Dushanbeda bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonotida savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, savdo va sarmoyaviy sharoitlar yaratish zarurligi haqida so‘z boradi. Shuningdek, mintaqada tashqi savdo operatsiyalarini milliy valutalarga o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.
«Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi», — deya Muhriddin bayonot matnini keltirgan.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari sanoat va sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatidan foydalanish niyatida.
Dushanbedagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha to‘rtta hujjat imzolandi. Xususan, Markaziy Osiyoda quruqlikdagi transportning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha kelishuv mintaqa transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini ta’minlaydi, dedi Tojikiston vaziri.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
15:03 / 01.05.2025
Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz davlatlari» sammiti qoldirildi
22:31 / 28.04.2025