Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimiga nomzodlar soni 1000 nafarga yetkaziladi
Davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
«O‘zbekiston – 2030» strategiyasiga binoan davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish muhim vazifalardan biri sifatida belgilangan.
Unga ko‘ra:
– kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish;
– davlat fuqarolik xizmatchilarini uzluksiz malaka oshirib borish tizimi bilan qamrab olish darajasini 100 foizga yetkazish;
– «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish doirasida ushbu tizim bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini ta’minlash;
– milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida 1000 nafarga yetkazish;
– davlat organlari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini jamoatchilik fikri asosida baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
10:04 / 04.02.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasi qanday shakllantiriladi?
10:12 / 31.01.2025
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan davlat buyurtmasi maxsus platforma orqali shakllantiriladi
15:25 / 13.01.2025
Faol deputatlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi
15:03 / 10.01.2025