OChL. «Nasaf» Iordaniya chempionini mag‘lub etdi, OKMK Saudiya chempioniga yirik hisobda yutqazdi
OChL 1-turi doirasida «Nasaf» Iordaniya chempioni «Al-Faysali» mehmoni bo‘ldi, OKMK esa Saudiya Arabistonida «Al-Ittihod»ga qarshi saf tortdi.
Ammandagi uchrashuvda «Nasaf» o‘yin yakuniga qadar hujumkor to‘p surib g‘alabaga erishdi. 90+5-daqiqada bosh hakam G‘olib G‘aybullayevga nisbatan qo‘pollikni VARda tekshirib, mehmonlar foydasiga penalti bermagan bo‘lsa-da, hamyurtlarimiz so‘nggi soniyalarda niyatlariga yetishishdi.
90+7-daqiqada Zafarmurod Abdirahmatovning yagona goli Ro‘ziqul Berdiyev jamoasiga Iordaniya chempioni ustidan g‘alaba keltirdi – 1:0.
Shu tariqa, vakillarimiz «V» guruhini g‘alaba bilan boshlab, 3 ochko bilan peshqadamga aylanib olishdi.
«V» guruhi. 1-tur.
«Al-Faysali» - «Nasaf» - 0:1
Gol: Zafarmurod Abdirahmatov, 90+7.
«Al-Faysali»: 21. Mahdi Xalil, 17. Salim Al Ajalin, 19. Anas Bani, 30. Mohannad As Souliman, 77. Muhammad Al-Kloub, 6. Obeida As-Samarnah, 14. Nizar Ar-Rashdan, 22. Xolid Zakariyo, 99. Rafiq Kamergi (9.Muhammad Ahmad Suleimanan, 46), 7. Amin Farid Muhammad Ash-Shanaineh (91.Hotam Ar-Rushadi, 80), 11. Orif Haj (20. Roziq Muhammad Solih Bani, 66).
«Nasaf»: 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 9.Javohir Siddiqov (88.Marko Stanoyevich, 65), 17.Suhrob Nurulloyev (99.Azizbek Amonov, 65), 18.Bahrom Abdurahimov (70.Jambuli Jigauri, 46), 19.Mateus Lima (8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 78), 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov (21.Doniyor Narzullayev, 87), 92.Umar Eshmurodov.
Jidda shahridagi bahsda esa Karim Benzema maydonga tushmagan bo‘lsa-da, yulduzli tarkibga ega «Al-Ittihod» birinchi bo‘limdayoq masalani hal qilib qo‘ydi.
Kamara hisobni ochgan bo‘lsa, Romarino dubl qayd etib Olmaliq klubining yirik mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi – 3:0.
Guruhdagi ikkinchi o‘yinda «Al-Quva» Iroqda «Sepaxon» bilan durang qayd etdi – 2:2.
Shu tariqa, Jidda klubi 3 ochko bilan peshqadamga aylanib oldi. «Al-Quva» va «Sepaxon»da bir ochkodan bo‘lsa, OKMK so‘nggi o‘ringa tushdi.
OChL. 1-tur. S guruhi.
«Al-Ittihod» - OKMK – 3:0
Bosh hakam: Kimira Hiroyuki (Yaponiya)
Gollar: Xorun Kamara 11, Romarino 14, 39.
«Al-Ittihod»: 1.Al-Ma’yuf, 20.Ahmad Sharahili, 4.Omad Havsavi (Sulton Al Farhan, 63), 15.Hassan Kadesh, 13.Ash-Shankiti, 28.Ahmad Bamasud, 8.Fabino, 7.NGolo Kante (Farhah Al Shamrani, 78) 90.Romarino (Luis Felippe, 63) 70.Kamara (Marvan As-Sahafiy, 78), 99.Hamdallah (Solih Al-Amri, 45).
OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (15.Oybek Rustamov, 73), 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliyev (Siyovush Haqnazari, 46) 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid G‘iyosov, 17.Sanjar Tursunov (18.Baxtiyor Qosimov, 80), 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 22.Shohrux Gadoyev (2.Akramjon Komilov, 84), 27.Martin Boake (14.Mirjahon Mirahmadov, 73).
Al Quva (Iroq) – Sepaxon (Eron) – 2:2
Gollar: Tamemi 26, 88 – Donishgor 30, Qurboni 67.
Mavzuga oid
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
17:54 / 01.11.2024
«Nasaf» – o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempioniga aylanib, Toshkent klublarining 23 yillik gegemonligiga chek qo‘ydi
00:00 / 24.10.2024