Jahon | 07:29 / 18.09.2023
4879
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Britaniya mudofaa idoralari o‘rtasida hamkorlik rejasi imzolandi
Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa idoralari o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasiga qo‘l qo‘yildi.
Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi qo‘mondonlik-shtab muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildilar va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistonning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Maslahatlashuvlar yakunida 2024 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi.
Mavzuga oid
16:19 / 09.10.2024
Britaniya aholisi migrantlar hisobiga so‘nggi 50 yil ichida eng yuqori darajada o‘sdi
13:20 / 04.10.2024
Yevroittifoq va Britaniya hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldi
12:10 / 02.10.2024
Ukraina mudofaa vaziri to‘rt o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
10:50 / 01.10.2024