O‘zbekistonda Germaniya bilan qiymati 100 mlrd dollardan ziyod qo‘shma loyihalar amalga oshirilyapti
So‘nggi 6 yilda O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni qariyb 3 barobar o‘sdi.
Germaniya Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi doktor Folker Trayyer boshchiligidagi Germaniya delegatsiyasining tashrifi doirasida joriy yilning 14 sentabr kuni poytaxtda «O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni»ga bag‘ishlab, O‘zbekiston-Germaniya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, davra suhbatidan so‘ng B2G formatidagi uchrashuvlar va «O‘zbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni 2023» anjumani tashkil etildi.
Konferensiya dasturiga «O‘zbekistonda nemis dual ta’lim tizimi: imkoniyatlar va istiqbollar» va «O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi energetika sohasini o‘zgartirish borasida hamkorlik» mavzularidagi panel munozaralari kiritildi.
So‘nggi ikki yilda O‘zbekistonga kiritilgan Germaniya investitsiyalarining umumiy hajmi qariyb 2 milliard yevroni tashkil etdi. Hozirgi paytda Germaniya hamkorlari bilan birga qiymati 100 milliarddan ortiq bo‘lgan 10 dan ko‘proq qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.
So‘nggi 6 yilda O‘zbekistonda Germaniya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni qariyb 3 barobar o‘sib, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 200 taga yetdi. Joriy yilning 6 oyi davomida 17 ta qo‘shma korxona ishga tushirildi.
Mavzuga oid
23:20 / 27.11.2024
Germaniyada 13 yil qamoqda o‘tirib, aybsiz deb topilgan erkak 750 ming yevro kompensatsiya talab qilmoqda
22:02 / 25.11.2024
NATO rahbariyati g‘arbdagi yirik kompaniyalarni urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
15:13 / 23.11.2024
GFR Netanyahuni hibsga olishga berilgan order oqibatlarini o‘rganmoqda
11:10 / 22.11.2024